Mustaqil Qirg‘iziston ruslashishga ilk qadamni tashladi
Olam
−
02 noyabr 2023
16943Qirg‘izistonda rus tilini o‘rganish bo‘yicha birinchi yordam markazi ochildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Birinchi shunday markazning ochilish marosimi Kant shahrida (Chuy viloyati) bo‘lib o‘tgan. Yangi markaz Chuy viloyat kutubxonasi binosida ish boshlagan.
Umuman olganda, Qirg‘izistonda rus tilini o‘rganish bo‘yicha uchta markaz faoliyat yuritadi. Ular Kantdagi markazdan tashqari Norin davlat universiteti (Norin viloyati) va Talas davlat universitetida (Talas viloyati) joylashtiriladi.
“Gap rus tilini o‘rganish, Rossiya va Qirg‘iziston madaniyati bilan tanishish, ijodiy uchrashuvlar va munozaralar o‘tkazish mumkin bo‘lgan yangi zamonaviy ta’lim maydonlari haqida ketmoqda”, deya tushuntirgan Rossotrudnichestvo vakili.
Rossotrudnichestvo markazlarni zarur mebel, jihozlar va adabiyotlar bilan ta’minlagan. Ularni jihozlashda “Russkiy mir” jamg‘armasi, “Alyans Altin” kompaniyasi va Norin davlat universiteti ham yordam ko‘rsatgan.
“Umid qilamizki, markazlarning tashkil etilishi rus tilini o‘rganish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi, yuqori sifatli o‘quv adabiyotlar mavjudligini oshiradi, markazlarning o‘zi yoshlar va rus tili, Rossiya va Rossiyada ta’lim imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun diqqatga sazovor joyga aylanadi. Markazlar nafaqat talabalar, balki Norin, Talas va Kant shaharlarining boshqa aholisi uchun ham ochiq bo‘ladi”, deydi Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov.
Kant shahrida rus tilini o‘rganish bo‘yicha birinchi resurs markazining ochilish marosimida Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi, Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi, mahalliy hokimiyat organlari va Rossiyaning respublikadagi elchixonasi vakillari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari sammitida rus tili Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida millatlararo til sifatida tan olindi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur sammitga kelar ekan, Rossiyaning maqsadlaridan biri aynan mana shu ekanini yashirmagan. U 12 oktyabr kuni, hali sammit boshlanmasidanoq MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida rus tilining maqomini oshirishni muhokama qilgan edi.
LiveBarchasi