Musobaqada qatnashmagan Qodirovning o‘g‘li medal bilan taqdirlandi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li, 16 yoshli Adam Qodirov Dubayda bo‘lib o‘tgan BAA SWAT Challenge maxsus kuchlari musobaqasida medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov e’lon qilgan videolavhada aytiladi. 

Musobaqa veb-saytida qayd etilishicha, u bellashuv Dubay politsiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Musobaqaning to‘rtinchi kuni yakunida eng yaxshi natijani Ichki ishlar vazirligining Checheniston bo‘yicha maxsus polki jangchilaridan iborat “Axmat” jamoasi ko‘rsatgan. Avvalgi kunlarda "Axmat" jamoasi BAA, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar jangchilariga imkoniyatni boy berib, ikki marta to‘rtinchi, bir marta esa 12-o‘rinni egallagan edi.

“Grozniy-inform” agentligi xabariga ko‘ra, kichik Qodirov taqdirlash marosimida Checheniston rahbarining xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i sifatida ishtirok etgan. Daudovning videosida Adam Qodirov birinchi bo‘lib taqdirlash marosimiga boradi va medal oladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyi oxirida Adam Qodirov “Shayx Mansur” bataloniga kurator etib tayinlangan edi. Shu paytgacha u 1-darajali “Islom diniga xizmatlari uchun” ordeni, “Checheniston qahramoni” unvoni, “Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni hamda akalari Ali va Ahmad qatorida Checheniston parlamentidagi rag‘batlantirishning eng yuqori shakli – “Daymexkan Siy” (Vatan sharafi) ordeni bilan mukofotlangandi. Noyabr oyi boshida u otasining xavfsizlik xizmatida “muhim” va “mas’uliyatli” lavozimga tayinlangan. Shuningdek, u dekabr oyida “Baysangur Benoyevskiy” batalonining ham kuratori bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Adam Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing