“Mushtumzo‘r”larga signal: mulkdorlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qonun loyihasi joriy yilning 23 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritildi. 

Qonun loyihasida mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan bir qator normalar ko‘zda tutilgan. 

Loyihada O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi 61-3-modda bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish – mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning o‘rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlansa ham javobgarlik qat’iylashtirilgan. Faqat buning oqibatida ko‘p bo‘lmagan miqdorda zarar yetishiga olib kelsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Agar yer uchastkalarini noqonuniy olib qo‘yilsa va bu harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa jinoiy javobgarlik kelib chiqishi belgilanmoqda. Jinoyat kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan yangi 173-1-moddada aynan shu haqda. 

Modda sanksiyasida bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jazolar ko‘rsatib o‘tilgan. 

Bundan tashqari, moddada yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibini buzish olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, zararning o‘rni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlashga sabab bo‘lgan hollarda og‘irroq javobgarlik va jazo choralari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. 

Javobgarlik sanab o‘tilgan harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazilgan taqdirda kelib chiqadi. 


Maqola muallifi

Teglar

snos

Baholaganlar

28

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing