Musa Yerniyazovning vafot etgani haqidagi xabar tasdig‘ini topmadi
Jamiyat
−
25 iyul 2020
15146Bugun, 25 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalingan va davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Tajetdinovich Yerniyazov vafot etgani haqida xabar e’lon qilindi.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, Musa Yerniyazovning vafot etgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U hozirda davolanishni davom ettiryapti. Ahvoli barqaror.
Musa Yerniyazovning vafot etgani haqidagi xabarning ilk manbasi bo‘lgan Repost.uz nashri biroz o‘tib, sayt xakerlar hujumiga uchrganini va xabar darhol o‘chirilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani 18 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi