Yerniyazovdan keyingi rahbar qanday saylanadi?

Jamiyat

image
Musa Yerniyazov Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qabrga qo‘yildi north_east

Musa Yerniyazov Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qabrga qo‘yildi

Senat yalpi majlisi Musa Yerniyazovni xotirlash bilan boshlandi north_east

Senat yalpi majlisi Musa Yerniyazovni xotirlash bilan boshlandi

Ma’lumki, joriy yilning 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, O‘zbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov 73 yoshida vafot etdi.

Uning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘ldi. Musa Yerniyazov bir oyga yaqin vaqt davomida kasallik bilan kurashdi.

Musa Yerniyazov 2002 yil may oyida Qoraqalpog‘istonning eng yuqori lavozimiga saylangan va 18 yil davomida uzluksiz boshqaruvda qolgan. Endilikda bu lavozim bo‘sh qoldi. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, bunday holatlarda qanday yo‘l tutilishi kerak?

Avvalo odatiy holatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisini saylash tartibiga to‘xtalsak. Bu masala Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining 80-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan.

80-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rahbari va eng yuqori lavozimli shaxsidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining vakolati muddatiga saylanadi.

Jo‘qorg‘i Kenges Raisi vazifasini bajara olmay qolgan yoki hozirgidek vafot etgan holatlarda qanday yo‘l tutilishi Konstitutitsiyaning 83-moddasida belgilab qo‘yilgan.

83-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyalarini va qonunlarini buzgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan chaqirib olinishi mumkin. Chaqirib olinishi to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining xulosasi hisobga olingan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi jami deputatlarining uchdan bir qismi tashabbusi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari umumiy sonining eng kamida uchdan ikki qismining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi shaxsiy arizasi, shuningdek betobligi sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tuzgan tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, o‘z vakolatini to‘xtatishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining vakolatini to‘xtatish haqidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bu holda o‘n kun muddat ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yangi Raisining saylovi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Musa Erniyazov

Baholaganlar

630

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing