Musa Yerniyazov Shavkat Mirziyoyev boshchiligida qabrga qo‘yildi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
23811Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020 yil 31 iyul kuni vafot etdi. Marhum bugun, 1 avgust kuni Nukus shahridagi "Shorsha baba" qabristoniga dafn etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni bu yerga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi.
"Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish bo‘yicha ko‘p ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni do‘stlari bilan birga albatta davom ettiramiz", dedi davlatimiz rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini ta’kidladi.
"Bu yerni Qoraqalpog‘istonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna bo‘ladi", dedi Prezident.
LiveBarchasi