Murodjon Ahmadaliyev yengilmas bokschini mag‘lub etdi (video)

Sport

image

Bugun, 16-dekabr kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev AQSHning Arizona shtatida meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi eliminator jangida qatnashib, muddatidan avval g‘alabaga erishdi.

Ahmadaliyev 12 raundlik bahsning 8-raundida raqibini texnik nokautga uchratdi. Nokautgacha bo‘lgan davrda ham o‘zbekistonlik bokschi raqibini bir necha marta nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi.

Shunday qilib, Ahmadaliyev yana kamarlar uchun da’vogarga aylanib oldi. U oxirgi marta filippinlik Marlon Tapalesga imkoniyatni boy berib, o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini boy berib qo‘ygandi.

Endi Ahmadaliyev Tapales-Inoue jangi g‘olibi bilan mutlaq chempionlik uchun ringga chiqishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made