Murodovning jangi bekor qilindi
Sport
−
26 fevral 2023
15798O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodovning jangi bekor qilindi. Bu haqda “Eurosport” jurnalisti Marsel Dorff o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Murodov joriy yilning 11 mart kunida asli dog‘istonlik, hozirda Germaniya fuqarosi hisoblangan sportchi Abusupyan Muhammedovga qarshi AQSHda o‘tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida jang o‘tkazishi kerak edi.
Qayd etilishicha, jangning bekor qilinishiga Mahmud Murodovning qo‘lidan olgan jarohati sabab bo‘lgan. O‘zbekistonlik sportchi tez orada operatsiyani boshdan kechiradi.
Hozircha Murodov jangning bekor qilinishi bo‘yicha hech qanday munosabat bildirgani yo‘q
Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov UFC'da umumiy 5 ta jangda oktagonga chiqib, 3 ta g‘alaba qayd etgan va 2 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan. So‘nggi jangida u braziliyalik Kayo Borralo qarshi oktagonga ko‘tarilib imkoniyatni boy bergandi.