Murodov tug‘ilgan kunida qimmatbaho mashina xarid qildi (video)

Sport

image

Bugun, 8 fevral kuni o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. UFC'dagi birinchi o‘zbekistonlik sportchi hisoblangan Murodov 33 yoshni qarshi oldi. U tug‘ilgan kuni munosabati bilan Mercedes Gelandewagen avtomobilini xarid qildi.

Ayni vaqtda Mahmud Murodov Chexiyada keyingi jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Sportchi navbatdagi jangini 11 mart kuni Las-Vegasda tashkil etilayotgan UFC Fight Night musobaqasida o‘tkazadi. O‘zbekistonlik sportchiga dog‘istonlik Abusupyan Muhammedov raqiblik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov so‘nggi bor 2022 yil 22 oktyabr kuni Abu-Dabida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi jang o‘tkazib imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing