Mahmud Murodovning navbatdagi jangi tasdiqlandi
Sport
−
01 fevral 2023 17551 1 daqiqa
O‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi aniq bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Murodov 11 mart kuni Las-Vegasda tashkil etilayotgan UFC Fight Night musobaqasida ishtirok etadi. Unga dog‘istonlik Abusupyan Muhammedov raqiblik qiladi.
Murodov - Muhammedov to‘qnashuvi aslida 2022 yil 3 sentyabr kuni Parijda o‘tkazilishi kerak edi, ammo jang bekor qilingandi.
Ma’lumot uchun, Murodov ayni vaqtda bo‘lajak jangiga Chexiyada tayyorgalik ko‘rmoqda. O‘zbek sportchisi so‘nggi bor 2022 yil 22 oktyabr kuni Abu-Dabida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi jang o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.
Live
Barchasi