Murodov jang qiladigan UFC turnirining to‘liq kardi ma’lum qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC janchisi Mahmud Murodov 22 iyul kuni Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan “O2 Arena”da navbatdagi UFC Fight Night turnirida oktagonga ko‘tariladi. Tashkilot rasmiy saytida mazkur turnirning to‘liq kardi ma’lum qilindi.

O‘rta vaznda o‘z janglarini olib borayotgan o‘zbekistonlik sportchiga o‘sha kuni amerikalik Brayan Barberena raqiblik qiladi. Jang asosiy kardda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Turnirning asosiy kardi:

Og‘ir vaznda: Tom Aspinall (Buyuk Britaniya) – Marchin Tibura (Polsha)

Ayollar o‘rtasida o‘ta yengil vaznda: Molli Makken (Buyuk Britaniya) – Yuliya Stolyarenko (Litva)

O‘rta vaznda: Pol Kreyg (Shotlandiya) – Andre Munes (Braziliya)

Yarimengil vaznda: Nataniel Vud (Buyuk Britaniya) – Andre Fili (AQSH)

Ayollar o‘rtasida eng yengil vaznda: Ketlin Viyeyra (Braziliya) – Pinni Kianzad (Shvetsiya)

O‘rta vaznda: Mahmud Murodov (O‘zbekiston) – Brayan Barberena (AQSH)

Ma’lumot uchun, Murodov faoliyati davomida 33 ta jangda ishtirok etib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u UFC'da 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alabaga erishgan. 

Amerikalik raqibi Brayan Barberena esa MMA'dagi yurishlari davomida 28 ta jangda ishtirok etib, 18 marotaba raqiblaridan ustun kelgan. Mag‘lubiyatlari soni esa 10 tani tashkil etadi. U UFCda 17 ta jang o‘tkazib, 8 tasida mag‘lubiyatga uchragan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing