Murabbiysiz o‘ynagan O‘zbekiston Turkmanistonni 2:0 hisobida mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 14 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan o‘tkazilayotgan “CAFA Nationʼs Cup 2023” turnirining 2-turida Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikkala jamoada ham bir qancha xavfli vaziyatlar bo‘ldi ammo, asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qirg‘izistonlik bosh hakam Nurzodbek Abduqodirov tomonidan qo‘shib berilgan 4 daqiqada ham hisob o‘zgarmadi.

“CAFA Nationʼs Cup” turnirining 1-turida Italiyaning “Spetsiya” klubida ijarada bo‘lib, Ummonga qarshi bahsda ishtirok etolmagan Eldor Shomurodov ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Turkmaniston darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

Shuningdek, uchrashuvning 85-daqiqasida Turkmaniston jarima maydonchasida darvozabon bilan yuzaga kelgan to‘qnashuv natijasida ochiq qolgan hudud Shomurodov tomonidan aniq mo‘ljalga olindi. Jamoa sardoridan dubl.

Uchrashuv bosh hakami tomonidan qisqa muddatli to‘xtalishlar hisobga olinib, o‘yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo‘shib berildi. Bu vaqt esa maydonda hisob o‘zgarishiga yordam bermadi. 

O‘zbekiston qizg‘in kechgan uchrashuvda Turkmanistonni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Ma’lumot uchun, bunga qadar O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari 8 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, 6 ta o‘yinda O‘zbekiston, 1 tasida esa Turkmaniston g‘alaba qozongan va 1 marta durang natija qayd etilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston futbol Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing