Murabbiy sifatida men uchun eng muhimi bu ishtiyoq – Gvardiola
Sport
−
31 mart 2025 3722 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi murabbiyi Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng muhim jihat bu ishtiyoq ekanligini aytdi. Bu haqda u “Bornmut”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Taktika muhim, ammo bu mavsumda biz sog‘ingan jihat bu yurak, ruhiyat va ko‘p yillar davomidagi doimiy istaklarimiz. Murabbiy sifatida men uchun eng muhimi – ishtiyoq”, deydi Gvardiola.
Ma’lumot o‘rinda, kecha, 30 mart kuni Angliya kubogi chorak finali doirasida “Manchester Siti” - “Bornmut” maydoniga safar qildi. Mazkur bellashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 1 taym maydonda harakat qildi va sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi. Uchrashuvda dastlab, Evanilson birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, Xoland hamda Marmush ikkinchi bo‘limda gol urib, “Siti”ning g‘alabasini ta’minladi.
Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul