Ichki va xorij bozorida UzAuto Motors ishlab chiqarayotgan avtomobillarning eng xaridorgiri qaysi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 3-4 iyul kunlari O‘zbekistondagi OAV xodimlari uchun UzAuto Motors zavodiga press-tur uyushtirildi. 

Press-tur davomida jurnalistlar yaqindagina nomi o‘zgartirilgan UzAuto Motors (oldingi nomi GM Uzbekistan) zavodining to‘liq faoliyati bilan tanishtirildi.

Press-turda ishtirok etgan QALAMPIR.UZ muxbiri Umar Murodning ma’lum qilishicha, UzAuto Motors zavodi bosh direktori o‘rinbosari Azimjon Umarov ayni paytda zavodda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning qaysilari eng xaridorgir ekanligi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda zavod tomonidan ishlab chiqarilayotgan Nexia 3 avtomobiliga ichki bozorda talab juda yuqori. Ikkinchi o‘rinni Cobalt, uchinchi o‘rinni esa Spark avtomobili egallaydi.

UzAuto Motors zavodi bosh direktori o‘rinbosari ham Nexia 3 avtomobilidan foydalanadi. 

“Oilamizda otam Lasetti avtomibilidan foydalanadi. Menda esa Nexia 3. Qulay va ixchamligi jihatidan shu mashinani tanlaganman. Narxi ham hamyonbop. Aslida zavodimizda ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar zo‘r. Men ularning har biridan sotib olib, boshqarib yurishni xohlayman”, deb aytib o‘tdi Azimjon Umarov.

Shuningdek, xorijga eksport qilinadigan avtomobillarning reytingini Lasetti boshqarib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt UzAuto Motors Nexia 3 Lasetti

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing