Muntazam xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanadi – Respublika maxsus komissiyasi

Jamiyat

image

O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida belgilandi.

Komissiya qarori bilan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma tasdiqlanmoqda. Shu bois, tegishli soha mas’ullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temir yo‘l va avtomobil) tiklash bo‘yicha xorijiy malakatlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi. 

Mazkur vaqtinchalik yo‘riqnoma 2020 yil 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kirishi hamda mazkur yo‘riqnoma kuchga kirgandan so‘ng xorijdagi fuqarolarni to‘lov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti to‘xtatilishi, shu bilan birga avval berilgan ruxsatnomalar 2020 yil 1 oktyabrga qadar amal qilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishiga ruxsat berildi hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 noyabrga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik ayyomini oila davrasida sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya etgan holda nishonlash tavsiya etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

aviaqatnov

Baholaganlar

418

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing