Munisa Rizayevaning to‘yi hindcha bo‘ldi (video)

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 1 sentyabr sanasida xonanda Munisa Rizayevaning birinchi to‘y marosimi o‘tkazildi. U to‘y lavhalarini o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, juftlikning bir emas, ikkita to‘y marosimi bo‘lib o‘tadi. Kecha Toshkentda uning birinchi qismi o‘tkazilib, unda Munisa Rizayeva hindcha libos va taqinchoqlarda ko‘rinish berdi. Mehmonlarning ko‘p qismi ham hind milliy kiyimlarida tashrif buyurdi. 

Qo‘shiqchining bildirishicha, birinchi to‘y marosimi uchun atayin shu sana tanlangan.

“Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! Men atayin to‘yim uchun shu sanani tanlaganman”, degan Munisa.

Xonanda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Arseniyni ham ko‘rsatgan. Shu bilan birga, o‘zbek san’atining bir qator vakillari ushbu kechada mehmon bo‘lib, qo‘shiq kuyladi. 

Eslatib o‘tamiz, juftlikning fotihasi 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan va asosiy to‘y 7 sentyabrga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

to'y Arseniy Munisa hindcha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing