Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Eron-O‘zbekiston – JCHga yo‘l. Husanov eng yomon o‘yinchi bo‘ldi

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichlarida bu yilgisini qo‘shganda 8 marotaba ishtirok etmoqda. QALAMPIR.UZ O‘zbekistonning mundial saralashlaridagi ishtiroki haqida to‘xtalib o‘tadi.

Jahon chempionati-1998, O‘zbekistonning ilk urinishi

1998 yilgi mundial saralashida ilk marta O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etdi. Dastlabki urinishda O‘zbekiston “B” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari keyingi bosqich uchun kurash olib borgan. O‘zbekiston 8 o‘yinda 1 g‘alaba, 3 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etib, 6 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallagan va Fransiya mezbonligidagi mundial yo‘llanmasidan bebahra qolgan.

Jahon chempionati-2002, yaxshi ishtirok, ammo yo‘llanma yo‘q

Ushbu mundial saralashini O‘zbekiston terma jamoasi 1-raunddan boshlagan va Turkmaniston, Iordaniya va Xitoy Taypeyini ortda qoldirib 2-raundga yo‘l olgan. Ikkinchi bosqichda O‘zbekiston “V” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda Xitoy, BAA, O‘zbekiston, Qatar va Ummon terma jamoalari keyingi bosqich uchun kurash olib borgan. Mazkur bosqichda O‘zbekiston 8 ta o‘yinda 3 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan holda 10 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni band etgan. Bu natija esa Janubiy Koreya va Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yetmas edi.

Jahon chempionati-2006, o‘tish o‘yinidagi muvaffaqiyatsizlik

Ushbu mundial saralashida O‘zbekiston 2-bosqichdan kurashga qo‘shilgan. Mazkur bosqichda O‘zbekiston Iroq, Falastin va Xitoy Taypeyini ortda qoldirib, guruhda 16 ochko jamg‘arib, 3-bosqichga yo‘l oldi. Uchinchi raundda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Quvayt termalari bilan bir guruhdan joy oldi. Olti o‘yinda 1 g‘alaba, 2 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etib, 5 ochko jamg‘argan O‘zbekiston guruhda 3-o‘rinni egalladi va o‘tish o‘yinida ishtirok etadigan bo‘ldi. O‘tish bahsida Bahraynga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston mehmonda urilgan gol evaziga keyingi bosqichdan bebahra qoldi. Ya’ni dastlabki o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Bahraynda bo‘lib o‘tgan javob bahsida 0;0 hisobi qayd etilgan. Shu tariqa, O‘zbekiston Germaniyada bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Jahon chempionati-2010, muvaffaqiyatsiz ishtirok

O‘zbekiston ushbu saralashni birinchi bosqichdan boshladi va dastlabki bosqichda Xitoy Taypeyini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 11:0 hisobida mag‘lub etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi raundga yo‘l olgan O‘zbekiston ushbu raundda Saudiya Arabistoni, Singapur va Livanni ortda qoldirib, 4-bosqichga yo‘l oldi. To‘rtinchi raundda “A” guruhida Avstraliya, Yaponiya, Bahrayn, Qatar va O‘zbekiston mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. 8 turda 1 g‘alaba, 1 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etgan O‘zbekiston guruhda so‘nggi 5-o‘rinni egallab, mundial yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Jahon chempionati-2014, penaltilar seriyasidagi omadsizlik

Ushbu mundial saralashini O‘zbekiston ikkinchi raunddan boshlagan va unda Qirg‘izistonni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchinchi bosqichda O‘zbekiston “S” guruhidan joy oldi va Yaponiya, Shimoliy Koreya va Tojikistonni ortda qoldirdi. To‘rtinchi bosqichda esa O‘zbekiston “A” guruhida Eron, Janubiy Koreya, Qatar va Livanga qarshi kurash olib bordi va 8 turda 14 ochko to‘plab, 3-o‘rinni band etdi. Bu natija bilan o‘tish o‘yiniga yo‘l oldi. O‘tish bahsida Iordaniyaga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, Braziliyada bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Jahon chempionati-2018, birgina gol yo‘llanmadan mosuvo qildi

O‘zbekiston 2018 yilgi Jahon chempionati saralashini ikkinchi bosqichdan boshlagan va “H” guruhida 21 ochko to‘plab, guruh yetakchisi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uchinchi bosqichda O‘zbekiston “A” guruhida Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Qatar va Xitoyga qarshi kurash olib bordi. So‘nggi turda guruhning yaqqol yetakchisi bo‘lgan Eron o‘z uyida Suriya bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan. O‘zbekiston esa Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Yakunda Suriya va O‘zbekiston 13 tadan ochko to‘pladi, ammo suriyaliklar O‘zbekistonni urilgan bir dona ko‘p gol evaziga ortda qoldirdi. Shu tariqa, O‘zbekiston alamli tarzda yana bir bor mundialdan quruq qoldi.

Jahon chempionati-2022, saralash bosqichlaridagi eng yomon ishtirok

Qatarda bo‘lib o‘tadigan turnir saralashida O‘zbekiston 2-bosqichdayoq yurishini to‘xtatdi. Terma jamoa “D” guruhida yetakchi Saudiya Arabistonidan 5 ochko ortda qoldi va mundial uchun kurashdan erta chiqdi. Bu esa saralash bosqichlari tarixida eng yomon natija sifatida yodda qoldi.

 Jahon chempionati-2026, Osiyo mintaqasi saralashi

Azaliy orzu uchun jiddiy qadam tashlagan O‘zbekiston 3-saralash bosqichida “A” guruhida 16 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni band etmoqda. Yetakchi Eron bilan oradagi farq 3 tani tashkil etsa, ta’qibchilar BAA va Qatar bilan oradagi farq 3 tani tashkil etmoqda. Agar 8-turda safarda O‘zbekiston Eronni mag‘lub etadigan bo‘lsa, mundial uchun katta qadam tashlagan bo‘ladi. BAA va Qatar o‘z o‘yinida ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, O‘zbekiston uzoq kutilgan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, 8-tur o‘yinlari 25 mart kuni bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing