Mumbay Osiyoning “milliarderlar poytaxti”ga aylandi
Olam
−
26 mart
11493Hindistonning Mumbay shahri Osiyodagi yangi “milliarderlar poytaxti”ga aylandi. Bu haqda Shanxayda joylashgan Hurun tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib, “Nikkei Asia” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 92 milliarderga ega Mumbay Pekinni ortda qoldirib, Osiyo qit’asidagi eng ko‘p milliarderga ega shaharga aylangan.
Institut hisobotiga ko‘ra, Nyu-Yorkda 119 milliarder bor, Londonda esa 97. Mumbay 92 milliarder bilan dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.
Qayd etish joizki, Hindistonda atigi 271 milliarder bor. Mumbay iqtisodiyoti esa 2023 yilda 7,5 foizga o‘sgan.
Mamlakatlar bo‘yicha baholanadigan bo‘lsa, Xitoy 814 milliarder bilan ro‘yxatda birinchilikni saqlab turibdi, ularning soni 2022 yilga nisbatan 155 kishiga kamaygani qayd etilgan.
Qo‘shma Shtatlar milliarderlar reytingida 800 milliarder bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalari AQSH iqtisodiyotida yetakchiga aylandi. AQSHning chip ishlab chiqaruvchi Nvidia bosh direktori Jensen Xuang 48 milliard dollar boyligi bilan ro‘yxatning birinchi 30 taligiga kirdi. Google, Meta va Microsoft egalarining boyligida sezilarli o‘sish kuzatildi.
Texnologik sohadagi boylikning o‘sishidan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning boyligi 1,2 milliard dollargacha oshgani e’tiborga molik.
LiveBarchasi