Mulozamatlar avjida! Umurzoqov Lavrov bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 30 mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Xitoyda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram –kanalida ma’lum qildi.  

Tomonlar ertaga, 31 mart kuni Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchinchi konferensiyasida ishtirok etish uchun Xitoyda bo‘lib turibdi. 

Rossiya tashqi idorasi rahbari Moskva va Toshkent o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarga to‘xtalgan. 

“Siz O‘zbekiston farovonligi va ittifoqchilik strategik munosabatlarimizni rivojlantirish yo‘lida qanchalik faol ishlayotganingizni bilamiz va bugun Xitoyda, mana shu go‘zal viloyatda soatlarni sinxronlashtirish, kelishuvlar qanday bajarilayotgani, Prezidentlarimizning qarorlari qanday amalga oshirilayotganini ko‘rish uchun juda yaxshi imkoniyat bor”, deydi Lavrov.  

Uning qayd etishicha,  Tunsi (Xitoy)dagi uchrashuvda vazirlar ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy formatlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ham muhokama qilish imkoniga ega. 

Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi “butunlay boshqa tus olgan”. Vazir bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning o‘rni borligini ta’kidlagan. 

“O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi, ayniqsa, so‘nggi besh yil ichida butunlay boshqacha tus oldi va bu, albatta, ko‘p jihatdan bir-biriga katta hurmat va tushunish bilan qaraydigan davlatlarimiz rahbarlarining xizmatlaridir”, degan u. 

Hozirgacha O‘zbekiston Hukumati portali ham, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ham ushbu uchrashuv xususida xabar bermagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

758

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing