“Multfilmlar bilan urush”. Peskov Kiyevning sanksiyalarini tanqid qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaning “Qizaloq va maymoq” multfilmi ijodkorlariga qarshi joriy qilgan sanksiyalarini “multfilmlar bilan urush” deb atadi. Bu haqda u bugun, 21 avgust kuni Moskvada o‘tkazilgan brifingda so‘z ochdi.

“Ukraina multfilmlar bilan ham urush boshlagani Kiyev rejimining “xunukligi”ni yana bir bor ko‘rsatmoqda”, degan Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva sanksiyalarni noqonuniy deb biladi. “Qizaloq va maymoq” multfilmi butun dunyoni mehribonligi va insoniyligi bilan zabt etgan. Multfilm insoniyatning eng yaxshi fazilatlarini targ‘ib qilgani bilan mashhur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Rossiyaning “Qizaloq va maymoq” multseriali ijodkorlariga qarshi 10 yil muddatga sanksiyalar joriy qilgandi. Cheklovlar “Animakkord” studiyasi hamda loyiha bilan bog‘liq besh nafar jismoniy va to‘rtta yuridik shaxsga nisbatan kiritilgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy saytida multfilm mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid sifatida baholangan. Moskva esa sanksiyalarni noqonuniy deb hisoblamoqda.

“Qizaloq va maymoq” rus xalq ertagi asosida yaratilgan bo‘lib, qizaloq va maymoqning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing