Mukofot pullaridan norozi tennischilar matbuot bilan muloqotni chekladi
Sport
−
21 may 1059 2 daqiqa
Dunyoning yetakchi tennischilari mukofot puli miqdoridan norozi ekanini bildirish maqsadida “Rolan Garros” turniri oldidan o‘tkaziladigan media kunida matbuot bilan muloqotni cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ertaga, 22 may kuni “Rolan Garros”ning ochilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif qilingan o‘yinchilar jurnalistlar bilan suhbatni 15 daqiqa ichida yakunlaydi. Bu ramziy harakat “Katta dubulg‘a” turnirlari o‘z daromadlarining atigi 15 foizini mukofot pullariga sarflayotganini ko‘rsatishga qaratilgan.
Qur’a tashlash marosimida qatnashadigan boshqa tennischilar esa, turnirning asosiy media hamkorlari — TNT Sports va “Eurosport” bilan qo‘shimcha intervyu berishdan bosh tortadi.
Nashr manbasiga ko‘ra, tennischilar “ishdan qoidaga o‘tish strategiyasi”ga amal qilib, maydon tashqarisidagi faoliyatni minimal darajaga tushirishga qaror qilishgan.
Joriy yilning 4 may kuni Arina Sobolenko, Novak Jokovich va Yannik Sinner kabi ATP va WTA reytingining 20 nafar yetakchi tennischilari bo‘lajak “Rolan Garros” turniridagi mukofot pullari miqdoridan norozilik bildirilgan qo‘shma bayonotni e’lon qilishgandi.
Ma’lumot uchun, aprel oyida “Rolan Garros” tashkilotchilari mukofot jamg‘armasi 9,5 foizga oshirilib, 61,7 million yevroga yetkazilishini ma’lum qilgan edi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari g‘oliblari 2,8 million yevro, finalchilar esa, 1,4 million yevrodan oladi.
Biroq yetakchi tennischilar bu oshirishni yetarli emas deb hisoblashmoqda.
“Rolan Garros”ning asosiy bahslari joriy yilning 24 mayidan 7 iyuniga qadar Parij shahridagi qum kortlarda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi amaldagi chempion, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras jarohati sabab unvonini himoya qila olmasligi haqida xabar berilgandi. Ayollar o‘rtasidagi amaldagi chempionlik esa, amerikalik Kori Gauffga tegishli.

Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may