Muxolifatchi, “Xalq harakati” rahbari Turkiyada hibsga olindi
Olam
−
28 Oktabr 2019
6396Shu yilning 26 oktabr kuni Turkiyada muxolifatchi siyosatchi, Turkmanistonda taqiqlangan "Xalq Harakati" harakatining rahbari Kakamurod Xodirov hibsga olingan. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Xodirov o‘z sheriklari bilan uchrashish uchun bir necha kun oldin Istanbulga kelgan. Muxolifatchi o‘z rejalarini ochiqchasiga e’lon qildi va barchani Marmaris mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirda ishtirok etishga taklif qildi.
Uchrashuv boshlanishidan 40 daqiqa oldin Xodirov o‘zining Facebook`dagi akkauntida tadbirga tayyorgarlik haqida e’lon qildi va uni jonli ravishda o‘tkazishga va’da berdi. Shundan so‘ng, u bilan aloqa yo‘qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchining sheriklari, yig‘ilish boshlanishidan oldin ham, politsiyachilar mehmonxonaning konferensiya xonasiga bostirib kirishganlarning hammasini ushlab, politsiya bo‘limiga olib ketishgan.
Xabar qilinishicha, siyosatchining hibsga olinishi haqidagi so‘rov turk rasmiylariga Turkmaniston konsulligidan yuborilgan. Kakamurod Xodirov o‘z muxolifat faoliyatini 2019 yil yozida boshladi, hozirgi Hukumatni tanqid qilgan bir nechta videolarni yozdi. Undan oldin u siyosatga aralashmagan.
LiveBarchasi