Muxolif partiya nomzodi Janubiy Koreyaga Prezident etib saylandi
Olam
−
10 mart 2022
10270Koreya Respublikasida kecha, 9 mart kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda “Fuqarolik kuchi” yetakchi muxolifat partiyasi nomzodi Yun Sok Yol g‘alaba qozondi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bergan.
Ovozlarning 98 foizi hisoblab chiqilgan, biroq Yolning asosiy raqibi, hukmron demokratik “Toburo” partiyasi nomzodi Li Chje Myon mag‘lubiyatini tan olgan.
Janubiy Koreya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 48,5 foizi Yolga, 47,8 foizi Myonga ovoz bergan.
Koreya Respublikasining amaldagi Prezidenti Mun Chje In bu lavozimga 2017 yilning may oyida saylangan. Mamlakatning 1987 yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga ko‘ra, Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylov yo‘li bilan 5 yil muddatga, qayta saylanish huquqisiz saylanadi.
LiveBarchasi