Muqaddas Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistonidan muqaddas Ka’ba yopinchig‘i Kisvaning eshik qismi to‘liq holda O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi xabar berdi.

Ka’ba yopinchig‘i kisvaning eshik qismi uzunligi 6,3 metr, eni 3,3 metrni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining ushbu kismi O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Kisva bu Ka’ba devorlarini yopib turadigan choyshab. Paxta aralashgan sakkiz bo‘lak qora shoyi matodan tikiladi. Devorning yuqori qismi uchdan bir bo‘lagini yopib turuvchi Kisva parchasiga Qur’oni Karim oyati zarhal yozuvda bitilgan. Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdulaziz as-Saud O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga tuhfa qilgan Kisva – Ka’bapo‘sh parchasi hozir Imom Buxoriy yodgorlik majmuida masjid devoriga osib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yozgan maktublarining papirusga ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom tsivilizatsiyasi markazi Kisva Ka'ba yopinchig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing