IIO xodimlariga bo‘ysunmagan rolikchi 10 sutkaga qamaldi (video)
3-sahifa
−
20:39 425 2 daqiqa
Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida rolik uchish qoidalarini buzgan va ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan bir guruh yoshlarga nisbatan sud qarorlari chiqarildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yoshlarning ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgani keng muhokama qilindi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 16 avgust kuni soat taxminan 21:00 larda sodir bo‘lgan. Bir guruh yoshlar markaz hududida, fuqarolar gavjum joyda rolik uchmoqchi bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari ularni bu yerda rolik uchmaslik haqida ogohlantirgan.
Biroq yoshlar xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan. Sud qarorlariga ko‘ra, Yu., S. va A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Ularga nisbatan turli jazolar tayinlangan. Jumladan, Yu. va S. ga jarima jazosi berilgan bo‘lsa, A. ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Hodisadan so‘ng yoshlar qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, xalqdan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ahloqsiz videolar olib, uni Instagram orqali tarqatgan shaxslar 10 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi