Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

Jamiyat

image

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan Daadanxuu Batbaatar Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Daadanxuu Batbaatar janoblarini qutladik va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik. Bugungi kun tartibimizdan oliy darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin oldi. Janob Elchiga O‘zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyilgan vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilning 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelyapti. Tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Uxnaagiyn Xurelsux 2022 yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqand shahriga kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Mo'g'uliston Daadanxuu Batbaatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing