Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilning 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga kelyapti. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif dasturiga muvofiq Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Keltirilishicha, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sog‘liqni saqlash, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari o‘rin olgan. Sammit yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Mo‘g‘uliston Prezidenti Xiva shahriga ham tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

Ma’lumot uchun, Uxnaagiyn Xurelsux 2022 yilning sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqand shahriga kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonga kelishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Uxnaagiyn Xurelsux Mo'g'iliston Xiva shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing