Mo‘g‘ulistonda “dzud”dan 26 ming qoramol halok bo‘ldi

Olam

image

Mo‘g‘ulistonda “duzd” (bu qattiq qishni anglatuvchi mo‘g‘ulcha atama bo‘lib, unda yer muzlashi yoki qor bilan qoplanishi tufayli ko‘p sonli chorva mollari ochlikdan yoki sovuqdan nobud bo‘lishi) nomi bilan tanilgan o‘ta sovuq qish oqibatida 26 ming 300 dan ortiq chorva mollari o‘lgan. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.

Mamlakat Milliy statistika boshqarmasi 12 fevral kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Mo‘g‘ulistonda “duzd” nomi bilan tanilgan o‘ta sovuq qish yanvar oyida g‘arbiy viloyatlarda, shuningdek, Markaziy Ovrxangay viloyatida 26 300 dan ortiq chorva mollarini nobud qilgan. Mamlakatning 21 viloyatidan kamida 11 tasi “dzud”dan jabr ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, chorvachilik Mo‘g‘uliston iqtisodiyotining asosiy ustunlaridan biri bo‘lib, mamlakat ko‘chmanchi aholisining qariyb 40 foizi unga bog‘liq. Biroq, qattiq va uzoq qish tufayli Mo‘g‘ulistonning ko‘chmanchi chorvadorlarining aksariyati har yili chorva mollarini yo‘qotadi. Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil oxiriga kelib, Mo‘g‘ulistonda 58,1 million chorva mollari borligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda kuchli qor bo‘ronlari oqibatida kamida 61 kishi halok bo‘lgani va 110 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qoramol Mo'g'uliston qish chorva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing