Mo‘g‘uliston nega Putinni hibsga olishdan bosh tortganini tushuntirdi
Olam
−
03 Sentabr
29070Mo‘g‘uliston rasmiylari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Xalqaro jinoiy sud buyrug‘i bilan hibsga olishdan bosh tortishini mamlakatning energiyaga qaramligi va betarafligi bilan izohladi. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni hukumatning Ulan-Batordagi vakiliga tayanib, "Politico" xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston neft mahsulotlarining 95 foizini va elektr energiyasining 20 foizdan ortig‘ini qo‘shni davlatlardan import qiladi.
“Ushbu ta’minot bizning mavjudligimiz va xalqimizning mavjudligini ta’minlash uchun juda muhimdir. Mo‘g‘uliston o‘zining barcha diplomatik munosabatlarida hamisha betaraflik siyosatini saqlab kelgan”, deydi rasmiy.
Ismini oshkor etmagan huquqshunos esa Mo‘g‘uliston o‘zi a’zo bo‘lgan XJS buyrug‘iga rioya qilmagani sababli, mamlakat jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytdi.
Putinning Ulan-Batorga tashrifi oldidan Yevropa Ittifoqi, Ukraina hamda Xalqaro Amnistiya va Human Rights Watch kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Mo‘g‘ulistonni XJS bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. Ayni paytda, "Bloomberg" agentligiga ko‘ra, Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olinmasligiga ishontirgan.
Putin Mo‘g‘ulistonga mamlakat Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan Xalxin-Gol daryosida sovet va mo‘g‘ul qo‘shinlarining Yaponiya qurolli kuchlari ustidan qozonilgan qo‘shma g‘alabasining 85 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
Bu Rossiya Prezidentining 2023 yilning mart oyidan beri, sud uni Ukrainadan Rossiyaga bolalarni o‘tkazish bo‘yicha hibsga olish uchun order berganidan beri XJSning Rim statutini imzolagan mamlakatga birinchi tashrifidir. Mo‘g‘uliston 2000 yilda Rim statutini imzolagan va 2002 yilda uni ratifikatsiya qilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr