Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi (video)

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari bugun, 6 dekabrga o‘tar kechasi Ukrainaga raketalar va uchuvchisiz apparatlar orqali yo‘naltirilgan yirik hujum uyushtirdi. Deyarli butun mamlakat bo‘ylab, jumladan, Zakarpat viloyatida ham havo hujumi xavfi e’lon qilindi. Ko‘plab hududlar dronlar orqali nishonga olindi.

Strategik bombardimonchi Tu-95MS va Tu-160 samolyotlaridan uchirilgan qanotli raketalar Sum viloyati orqali Ukraina hududiga kirgani ma’lum qilindi – ular Chernigov viloyatining Priluki tumani tomon yo‘naldi, keyin Poltava viloyati Piryatin yo‘nalishiga, o‘shandan so‘ng Kanev (Cherkass viloyati) va Vinnitsa viloyati tomon harakatlangan.

Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Nikolayev va Odessa viloyatlarida “Kalibr” turidagi raketalar guruhlari kuzatilgan. Kiyev viloyati hududida raketalar Fastov orqali Makarov yo‘nalishiga harakatlangan. Shuningdek, X-101 turidagi raketa yo‘nalishlari Xmelnitskiy viloyatidan Ternopol, Lvov va Ivano-Frankovsk viloyatlari tomon qayd etilgan. Lutsk shahrida havo mudofaa tizimining dronlarga qarshi faoliyati chog‘ida o‘q ovozlari eshitilgan, keyinroq shahar meri Igor Poliuk shaharda oziq-ovqat omborlari yonib ketganini ma’lum qildi.

Dnepropetrovsk viloyatida kuchli zarba oqibatida bir necha yong‘in sodir bo‘lgani, 11 yoshli bola yaralangani xabar qilindi. Krivoy Rog tumanida infratuzilma zararlangan, Pavlogradda garaj va xo‘jalik imoratida yong‘in kuzatilgani viloyati rahbari Vladislav Gayvanenko tomonidan ma’lum qilindi.

Kiyev viloyatida Rossiya qo‘shinlari Fastovdagi yirik temiryo‘l stansiyasiga zarba berdi. Prigorod poyezdlari harakati qiyinlashgani sababli “Ukrzalіznitsya” jadvalga o‘zgartish kiritdi. Stansiyaning ayrim qismi va yaqindagi qo‘shimcha tarkibga zarar yetgani aytilmoqda. Shuningdek, 42 yoshli erkak yaralangani haqida xabar berilgan.

Vishgorod tumanida zarba oqibatida 46 yoshli ayol shifoxonaga yetkazilgan – uning qo‘l va tana qismida shikastlanishlar qayd etilgan. Yana bir 40 yoshli ayol yuzida yirik bo‘lmagan jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 dekabr kuni Ukraina dronlari Chechenistonning Grozniy shahridagi biznes-markazga zarba bergandi. Chechen ommaviy axborot vositalari hujum oqibatlarining dahshatli kadrlari bilan bo‘lishdi. “Grozniy-Siti” majmuasidagi 145 metrlik osmono‘par bino o‘zining avvalgi jilo va ko‘rkini to‘liq yo‘qotgan. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Grozniy-Siti” majmuasiga uyushtirgan hujumdan so‘ng, Kiyev tez orada “sovg‘a” olishini va’da qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing