Favqulodda vaziyatlar vaziriga matbuot kotibi tayinlandi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2019
4840Katta leytenant Murod G‘aniyevich Sodiqov Favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.
Murod Sodiqov 1984 yilda Qozog‘izton Respublikasi Jambul viloyatida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda O‘zbekiston Davlat san’at institutini tamomlagan. 2004 yildan 2019 yilgacha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining markaziy telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.
Oxirgi ikki yil davomida “O‘zbekiston 24” telekanalida teleboshlovchi va siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida vazirlik Matbuot xizmati boshlig‘i sanaladi.
LiveBarchasi