Mudofaa vazirligining 660 nafar xodimi koronavirusga chalingan
Jamiyat
−
28 iyul 2020
13610Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, bu boradagi ishlarning samaradorligini, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar hisobotini tinglagani haqida xabar bergandik.
Yig‘ilishda olingan suratlardan birida Mudofaa vazirligi gospitalida davolangan va davolanayotganlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Taqdimotdagi ma’lumotlarga qaraganda, Mudofaa vazirligi harbiy gospitaliga bugungacha 762 nafar koronavirusga chalingan bemor yotqizilgan. Ularning 292 nafari sog‘aygan, 469 nafari davolanyapti.
Sog‘ayganlarning 248 nafari Mudofaa vazirligi, 24 nafari Milliy gvardiya, 18 nafari IIV va 2 nafari FVV tizimidagi xodimlardir.
Davolanayotganlarning 416 nafari Mudofaa vazirligi, 42 nafari Milliy gvardiya, 4 nafari IIV va 7 nafari FVV xodimlaridir.
Ammo Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va FVV xodimlari koronavirusga chalingani haqida ma’lumot bermagandi. Faqatgina IIV bir qancha xodimi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident kecha ilk bor tibbiy niqobda yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mamlakat harbiylari, harbiy-tibbiy muassasalarning xizmatchilari va tibbiyot mutaxassislarini koronavirus bilan xastalangan shaxslarni samarali davolashga jalb qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
LiveBarchasi