Mudofaa vazirligiga yangi jangovar mashinalar topshirildi
Jamiyat
−
02 avgust 2019
6162Bugun, 2 avgust kuni “Chirchiq” poligonda xorijdan xarid qilingan eng so‘nggi rusumdagi harbiy texnikalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur jangovar mashinalarning o‘ziga xosligi uning barcha qismlari avtomatlashtirilganida. Shuningdek, u yuqori tezlikda harakatlanadi, manyovrchan, sig‘imi keng.
Ularni o‘zlari biriktirilgan mexanik-haydovchilarga topshirish tantanalarida Mudofaa vazirining qurollinish va qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Qahramon Ermatov ishtirok etdi.
“Ejder Yalcin” jangovar mashinalari biriktirilgan mexanik-haydovchilar bundayin mas’uliyatdan mamnun. Ayniqsa, uzoq yillardan buyon xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarining hayajoni ayricha”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlash kerakki, 2018 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish ko‘zda tutilgan edi.
LiveBarchasi