Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
12 may 5284 1 daqiqa
Polkovnik Bahrom Bahodirovich O‘rmonov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, Bahrom O‘rmonov bu vaqtga qadar Qurolli kuchlar bosh shtabi Aloqa, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoyalash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, polkovnik Mirsaid Tagirovich Shukurov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ayubxon Orifxon o‘g‘li Sultonov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi