Mudhish YTHda bir oilaning ikki a’zosi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 22 fevral kuni Jizzax viloyatida mudhish yo‘l-transporti hodisasi sodir etildi. Oqibatda bir oilaning ikki nafar a’zosi nobud bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 03:30 larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 984 km.da ushbu tumanda yashovchi N.S. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqargan. Haydovchining  uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvi yo‘qotilgan va avtomashina yo‘l chetiga ag‘darilgan. 

“Oqibatda, yuk avtomashinasi salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i Sh.S. va voyaga yetmagan farzandi S.T.lar tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing