Mudhish YTHda 2 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
06 may 2019
4777Andijon viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vaziriligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 5 may kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan 65 yoshli X.K. o‘zining Damas rusumli avtomashinasini Madaniyat mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Natijada harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A. boshqaruvidagi NOWO rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuv natijasida Damas avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek qolgan yo‘lovchilari, haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X.lar jarohat olib shifoxonaga yotqizilganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi