Mudhish YTH: to‘rt kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari bolalar

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natija 4 kishi qurbon bo‘ldi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bolalar. 

YTH bugun, 12 fevral kuni soat 11:30 larda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Beruniy tumanida yashagan A.B. Matiz rusumli transport vositasini belgilangan tezlik talabiga amal qilmasdan boshqarishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.T. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Natijada, Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi A.B., ushbu avtomashina yo‘lovchilari S.M., voyaga yetmagan M.Q. va T.R.lar olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etishgan.

MAN rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.T. va Matiz rusumli transport vositasi yo‘lovchilari D.Q. va S.S.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing