Mudhish rekord! Bir kunda qariyb 600 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni O‘zbekistonda 594 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 272 nafari karantin muassasalarida, 322 nafari aholi orasida aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri va Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 178 nafar fuqaro sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 13591 nafar bemordan 8030 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5498 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 51 555 nafar, statsionar karantinda esa 23 860 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.   


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing