Muborak gazni qayta ishlash zavodi salkam 11 mlrd jarimaga tortildi
3-sahifa
−
13 may 2945 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi faoliyati o‘rganilib, qonunbuzarlik holatlari aniqlangani oqibatida 11 milliard so‘mga yaqin qo‘shimcha kompensatsiya belgilandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
O‘rganish davomida korxona tomonidan bir qator qonunbuzilish holati aniqlangan. Xususan, zavodda qurilish va boshqa turdagi chiqindilar noqonuniy joylashtirilgani hamda atrof-tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, chiqindilarni joylashtirishdan hosil bo‘lgan chang zarralari atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgani, zararli gazlar yoqilishi oqibatida esa atmosfera havosiga oltingugurt, uglerod hamda azot oksidlari me’yoridan ortiq darajada chiqarilayotgani aniqlangan.
Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida gazni tozalashdan hosil bo‘lgan oqova suvlar neft mahsulotlari aralashgan holda ochiq maydonlarga tashlanayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, holat yuzasidan sanoat korxonasiga nisbatan 10 milliard 834 million so‘m qo‘shimcha kompensatsiya va 7 banddan iborat bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar belgilangan. To‘plangan hujjatlar esa sudga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi xaqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi