Muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda — Bolalar ombudsmani Samarqanddagi maktab-internatda o‘rganish o‘tkazdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 24 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilarining yuz qismi ko‘kargan, shikastlangan va yirtiq-yamoq kiyimlarda yurgan va kir yuvishga majbur qilinayotganligi  xolatlari aks etgan rasmlar keng tarqalib jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish o‘tkazilgan.

Holat joriy yilning 25 may kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakilning Samarqand viloyatidagi Mintaqaviy vakili N.Rabbimova, Samarkand viloyati xokimi E.Turdimov, tuman xokimi N.Sulaymonov, tuman prokurori D.Kubayev, tuman IIB boshlig‘i B.Ibragimov, Viloyat Xalk ta’limi boshkarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva, boshkarmaning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Mintaqaviy vakilning aniqlashicha, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi ushbu muassasada tarbiyalanayotgan suratdagi 2 nafar bola otasi tomonidan uyiga qaytarib olib ketilgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa 11 mart kuni tengdoshi bilan urishganligi va o‘shanda ko‘zi ko‘karganini aytgan. Bu holat bolaning tibbiy anketasida ham qayd etilgan.

“Tog‘orada kir yuvayotgan 4-sinf bolasining onasi bilan suhbat qurilganida bu kabi holatlar 4 yil davomida umuman kuzatilmagani va ushbu rasmni ko‘rib tushunishmaganini bildirgan... Albatta, bu holat o‘rganilib, unga oydinlik kiritilgach, bola huquqlarini ta’minlashda, ularning ta’lim olishi, sog‘lig‘ini saqlash masalalarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlansa, ularga  tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi ombudsman xabarida.

Samarqand viloyatidagi Mintaqaviy vakili N.Rabbimovaning so‘zlariga ko‘ra, muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda. Xodimlar o‘rtasida o‘zboshimchalik, rahbarlarga bo‘ysunmaslik, lavozim vazifalarini bajarmaslik, o‘z ishiga e’tiborsizlik bilan qarash holatlari ko‘zga tashlanmoqda.

Mazkur masala Samarqand viloyati hokimi nazoratiga olinib, muassasadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kat’iy vazifa va topshiriklar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman maktab-internat

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing