Gaz narxini ikki baravarga oshirish taklif qilindi

Jamiyat

image

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, 2018 yil 13 milliard kub metr gaz eksport qilingan. Bugungi kunda O‘zbekistonda yiliga 61 milliard kub metr gaz qazib olinadi. Shundan 35-40 milliard kub metrini “O‘zbekneftgaz” AJ qazib oladi. Bu haqda Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ rahbar xodimlari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarga 35 milliard kub metr gaz yetkazib berilmoqda. Respublikaning ichki iste’moli esa 39-40 milliard kub metrni tashkil etadi. Qarorga ko‘ra, tabiiy gazni qazib olish hajmini keyingi yil 41 milliard kub metrga, 2024 yilda esa 42,3 milliard kub metrga olib chiqish rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 milliard dollar atrofida qarzimiz bor. Ushbu kreditni o‘z vaqtida to‘lab boryapmiz. “O‘zbekneftgaz” AJ 2017-2018 yillar zarar bilan chiqdi. Agarda bu yil sohada katta islohotlar bo‘lmaganida aksiyadorlik jamiyati yana moliyaviy zarar ko‘rardi. Bugungi kundagi “O‘zbekneftgaz” AJ muammolarini hal qilishimiz uchun gaz narxini ikki baravar oshirishimiz kerak. Shundagina muammolar ijobiy hal etiladi. Bu taklifni muhtaram Prezidentimizga olib kirdik. Qattiq tanbeh eshitdik. Endilikda o‘z imkoniyatimizdan kelib chiqib, yuqoridagi muammolardan qutilish yo‘lini izlayapmiz. Buning uchun davlat tomonidan bizga katta yordam berilmoqda. Mavjud muammoning 20 foizini tariflar oshirilishi orqali, qolgan 80 foizini davlatning moliyaviy yordami orqali hal qiladigan bo‘ldik. Ishlab chiqilayotgan tariflarda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bu inflyatsiya darajasida bo‘ladi”, dedi “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zbekneftgaz Bahodirjon Sidiqov

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing