Ibragimovich futboldan nega ketmaganini ma’lum qildi

Sport

image

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich jiddiy jarohatdan so‘ng ham nega faoliyatini yakunlamaganiga izoh berdi. Bu haqda futbol jurnalisti Alfredo Pedulla o‘z sahifasida xabar berdi.

“Italiya chempionligidan keyin futboldan ketish juda oson bo‘lardi. Oxirgi 14 oy ichida uchta operatsiyani o‘tkazdim. Tizzamdagi jarohat ancha vaqt tuzalmadi. Keyinroq holatim yaxshilandi. Hech qachon futboldan ketish haqida o‘ylamadim. Muammolar menga adrenalin beradi”, deydi Ibragimovich. 

Shuningdek, Zlatan jurnalistlarning gap-so‘zlari unga qo‘shimcha kuch berishini ta’kidladi.

“Jurnalistlar men haqimda doim boshqalarga o‘xshamasligimni, o‘ta xudbin ekanligimni yozgan. Ular bu ish orqali menga qo‘shimcha kuch beradi. Mening ichimda doim menga shubha qiladigan har bir kishiga noto‘g‘ri fikrda ekanligini isbotlash istagi bor”, deya qo‘shimcha qildi shvetsiyalik futbolchi.

41 yoshli forvard o‘tgan yilning may oyida safdan chiqqandi. O‘shandan beri u deyarli bir yil maydonga tushmadi. Ibragimovich joriy mavsum 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya 24-turida “Atalanta” bilan o‘yinda (2:0) ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Milan Zlatan Ibragimovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing