“Muammo murabbiyda emas”. Martines MYUdagi muammolar haqida ochiq gapirdi
Sport
−
17:08 405 2 daqiqa
“Manchester Yunayted” himoyachisi Lisandro Martines “Atletiko Madrid”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin klubdagi muammolar haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolchi jamoa rahbariyatidan tarkibni kuchaytirish va raqobatbardosh jamoa tuzish uchun ko‘proq harakat qilishni kutmoqda. Bu haqida u “Atletiko” ga qarshi o‘yindan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Juda yomon, shunchaki dahshatli. O‘zimni tiyishimga to‘g‘ri kelyapti, ammo ba’zan bu holatlarning barchasi klub hozir qanday ahvolda ekanini aniq aks ettiradi. O‘tgan mavsumda biz ajoyib o‘ynadik. Endi esa klub rahbariyatidan ko‘proq narsa kutyapmiz. Raqobatlasha olishimiz uchun ko‘proq futbolchilar kerak, chunki boshqa jamoalar ham ko‘plab yangi o‘yinchilarni tarkibiga qo‘shmoqda”, deydi Martines.
Shuningdek, Argentina terma jamoasi himoyachisi klub rahbariyatidan katta sarmoyalar kiritish kutayotganini va hozirgi tarkibi raqobatlashish uchun yetarli yemasligini aytdi.
“Men katta sarmoyalar kiritilishini kutyapman – bu aniq! Texnik direktorimizdan ham ko‘proq ish talab qilaman. Rostini aytsam, biz futbolchilar ham yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Biroq bunday muhim uchrashuvlarda raqobatlasha olish uchun kuchli tarkibga ham ega bo‘lish zarur”, deydi u.
Martines muammo murabbiyda emasligini va uni doimiy ravishda almashtiraverish to‘g‘ri yechim emasligini ham aytgan.
“Menimcha, muammo murabbiyda emas. U qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Murabbiyni doimiy ravishda almashtiraverish mumkin emas. Boshqa sohalardagi muammolar-chi? Bu haqda boshqa gapira olmayman”, deydi Martines.
Argentinalik himoyachining fikricha, jamoa natijalarini yaxshilash uchun nafaqat futbolchilarning o‘yinini kuchaytirish, balki klub rahbariyati tomonidan ham jiddiy qadamlar tashlanishi kerak.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum boshlangandan beri “Manchester Yunayted” 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, jamoa shularning faqat 2 tasida g‘alaba qozonoldi xolos.
Live
Barchasi