Muammar Qazzofiyning o‘g‘li prezidentlikka nomzodlar qatoridan chiqarildi

Olam

image
Qazzofiyning mahv etilishi: Afrika qirollari qirolining o‘ldirilganiga 10 yil to‘ldi north_east

Qazzofiyning mahv etilishi: Afrika qirollari qirolining o‘ldirilganiga 10 yil to‘ldi

Liviya sudi hokimiyatdan ag‘darilgan mamlakat rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Seyf al-Islom Qazzofiyning mamlakatda bo‘lajak prezidentlik saylovlarida ishtirok etish haqidagi arizasini rad etdi. Bu haqda “AlJazeera” xabar berdi.

Qazzofiy sudlanmagani to‘g‘risida hujjat taqdim etmagani uchun saylovoldi poygasidan chetlashtirilgan. Mulozimning izoh berishicha, bu prezident saylovi qonunchiligi talablariga zid keladi.

Qazzofiy 14 noyabr kuni Liviya Oliy saylov komissiyasining Sebha shahridagi idorasida o‘z nomzodini rasman taqdim etgandi.

Ilgari u Xalqaro jinoiy sud tomonidan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qidiruvga berilgan edi. Liviya harbiy prokuraturasi ham uni qotillik va yollanma askarlardan foydalanishda ayblab, hibsga olish uchun order bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil bahorida 49 yoshli Seyf al-Islomning vakillari Qazzofiyning o‘g‘li Liviyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning fevral oyi boshida Jenevada BMT homiyligidagi o‘tgan Liviya siyosiy muloqot forumida mamlakatni 24 dekabrga belgilangan umumiy saylovlargacha boshqaradigan o‘tish davri ijroiya hokimiyati saylangandi. 

Saylov natijasiga ko‘ra, Prezident kengashining yangi rahbari etib Liviyaning Gretsiyadagi sobiq elchisi Muhammad Menfi saylangandi. Liviyalik tadbirkor va siyosatchi Abdelhamid Dbeyba o‘tish davri hukumati rahbari etib saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Muammar Qazzofiy

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar