“Liviya ishi”: sud Sarkozining yangi ishini ko‘rishni boshladi

Olam

image

Bugun, 6 yanvar kuni o‘sha paytdagi Liviya rahbari Muammar Qazzofiyning 2007 yildagi prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan “Liviya ishi” bo‘yicha Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga qarshi sud ishini boshladi. Bu haqda Fransiyaning RFI media kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Parij jinoiy sudida 2025 yilga rejalashtirilgan sud jarayoni Fransiyaning zamonaviy tarixidagi eng muhimlaridan biri bo‘lishi va’da qilinmoqda.

Sarkoziga qarshi “Liviya ishi” bo‘yicha ayblovlar

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Muammar Qazzofiy Sarkozining 2007 yilgi saylov kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million yevroga yaqin xayriya qilgan. Bu miqdor Fransiya qonunchiligida belgilangan chegaradan sezilarli darajada oshadi. Ya’ni bu ruxsat etilgan 22,5 million yevrodan deyarli ikki barobar ko‘p (Fransiya saylovoldi tashviqoti xarajatlariga qattiq cheklovlar qo‘yadi).

Fransiyaning sobiq prezidentiga qo‘yilgan ayblovlar orasida korrupsiya, saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish kiradi. Agar aybi isbotlansa, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Sarkozining o‘zidan tashqari, bu ish bo‘yicha yana 11 ayblanuvchi, jumladan, uch sobiq vazir ham sud qilinmoqda. Fransiyaning 69 yoshli sobiq prezidenti o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib keladi.

“Saylov kampaniyasida Liviya tomonidan yuborilgan mablag‘ yo‘q. Biz sud tergovni “zaharlagan” noaniq nazariyalarga amal qilmasdan, faktlarga xolisona qaragan holda jasorat bilan olib borishini xohlaymiz”, degan Nikolya Sarkozining advokati.

Prokurorlarning fikricha, Qazzofiyning Sarkozi kampaniyasiga Liviyadan olib chiqib ketilgan va Fransiya Ichki ishlar vazirligi xodimlariga chamadonlarda berilgan naqd pul ko‘rinishida mablag‘ o‘tkazishda vositachi bo‘lgan franko-livanlik tadbirkor Ziyod Takiddin Livanga qochib ketgan va sudga kelmaydi. Takiddin 2016 yilda 2006 yil oxiri yoki 2007 yil boshida u Liviya rasmiylaridan o‘sha paytda Sarkozi boshqargan Fransiya Ichki ishlar vazirligiga “pul solingan chamadonlar”ni o‘tkazishda vositachi bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, pul uning kampaniyasini moliyalashtirish uchun ishlatilgan. Keyinroq Takiddin kutilmaganda gapidan qaytgan.

Liviya ishi bo‘yicha sud jarayoni 2025 yilning 10 apreliga qadar davom etishi kutilmoqda.

Korrupsiya va ta’sir o‘tkazmalari uchun Sarkoziga qarshi ish

Nikolya Sarkozi 2007 yildan 2012 yilgacha Fransiya prezidenti lavozimida ishlagan. 2024 yil 18 dekabrda Parij kassatsiya sudi apellyatsiya sudining Sarkozi bo‘yicha qarorini o‘zgartirishni rad etdi, bu boshqa ish ( korrupsiya, ta’sir o‘tkazish va tergovga bosim) bo‘yicha bir yillik qamoq jazosini nazarda tutgan.

“Liviya ishi” bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan bu ish bo‘yicha sud 2020 yil noyabr oyi oxirida boshlangan. Siyosatchi allaqachon prezidentlik lavozimini egallab, L'Oreal kosmetika kompaniyasining ham egasi, milliarder Lilian Bettankur tomonidan xayriya ishlari bo‘yicha tergov jarayoniga ta’sir ko‘rsatishga uringani va bu pulni o‘z biznesini moliyalashtirish uchun ishlatgani shubhalari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij apellyatsiya sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining 2012 yildagi saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirgani uchun berilgan jazoni olti oylik qamoq jazosiga qisqartirgandi. Dastlab, 2021 yilda Sarkozi bir yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga jazoni uyda o‘tashga ruxsat berilgan, lekin muddat elektron bilaguzuk bilan o‘talishi kerak bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Liviya Muammar Qazzofiy sobiq prezident Nikolya Sarkozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing