Muhojir Moskva metrosiga chaqalog‘ini tashlab ketdi
Olam
−
23 Sentabr 2019 5310 1 daqiqa
Moskvada qirg‘izistonlik ayol yangi tug‘ilgan bolasini metro hojatxonasida qoldirdi. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda.
Voqea shu yilning 19 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.
Chaqaloqni metro farroshi "Kolomenskoye" metro stansiyasida n topdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hojatxonada ayol qon izlarini ko‘rgan, sal narida esa yangi tug‘ilgan qizaloq bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qirg‘izistonlik ayolning hojatxonada ko‘zi yorigan va u bolani o‘sha yerga tashlab ketgan. Hozirda ayol S.Yudina nomidagi tug‘ruqxonaga yotqizilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloq darhol tibbiy muassasaga yotqizildi.
Tergovchilar jinoiy ish qo‘zg‘agan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr