Kurs UZS

USD

12 943.39

-9.81

EUR

14 108.30

50.19

RUB

153.70

2.57

Muhim uchrashuv oldidan O‘zbekiston MTJning asosiy himoyachisi jarohat oldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Rizespor” klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov chempionat doirasidagi o‘yinda jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub tomonidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida Aliqulovning burun va yanoq qismida sinish holati aniqlanib, futbolchiga jarrohlik amaliyoti qo‘llangan.

Mazkur vaziyatdan kelib chiqqan holda, tibbiy shtab tafsiyasi bilan Husniddin Aliqulov terma jamoa yig‘inida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi Aliqulov o‘rniga “Nasaf” klubi himoyachisi G‘olib G‘aybullayevni jalb etdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida joriy yilning 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iziston va 25 mart kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala o‘yinning boshlanish vaqti 21:00 etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi jarohat Husniddin Aliqulov Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing