Aksilkorrupsiya agentligi poytaxt va yetti viloyat hokimligini ogohlantirdi
Jamiyat
−
20 avgust 2021
12861Ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni o‘z vaqtida e’lon qilmagan qator mahalliy davlat hokimiyati organlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ogohlantirildi.
Agentlik joriy yilning 16 avgust kuni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy byudjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi hamda mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilganligi monitoring qilgan.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:
- Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2021 yil 1-yarim yillikda mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari, xususan byudjet mablag‘larining viloyat, shahar va tumanlar hamda sohalar kesimida sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq ochiqlangan va farmon ijrosi ta’minlangan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon viloyati hokimligi Buxoro viloyati hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2021 yil 1-yarim yillikda mahalliy byudjet ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qisman ochiqlangani, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi;
- Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari tomonidan farmon ijrosi umuman bajarilmagani aniqlanib, Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ogohlantirildi.
LiveBarchasi