Muhiddin Jo‘rayev Farg‘ona viloyat IIBga boshliq bo‘ldi
Jamiyat
−
12 fevral 2022
13168Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Polkovnik Muhiddin O‘tkurovich Jo‘rayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu lavozimda u Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev o‘rinini egalladi.
Tayinlovga qadar Muhiddin Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 1979 yil 22 aprelda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.
2020 yilning fevral-sentyabr oylarida Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati IIBga 2020 yil yanvaridan beri Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev rahbarlik qilib kelayotgandi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra,
LiveBarchasi