Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
11 fevral 2020
10304O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilingan edi. U Qo‘qon shahar IIO FMBga boshliq etib tayinlandi.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2018 yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev endilikda Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi.
LiveBarchasi